O‘zbekistonda 1 yilda 263 mlrd so‘mlik davlat xaridlari noqonuniy o‘tkazilgani aniqlandi
Antikorrupsiya agentligi O‘zbekistonda 2024-yilda 263 mlrd so‘mlik davlat xaridlari noqonuniy o‘tkazilganini maʼlum qildi.

2024-yil davomida davlat xaridlari tizimida 263,9 milliard so‘mlik noqonuniy xarid natijalari bekor qilindi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar qildi.
Monitoringlar 552,5 milliard so‘mlik 273 ta xaridni qamrab oldi, ️234 ta holatda qonunga zid harakatlar aniqlandi.
O‘rganish natijalari yakunlari bo‘yicha vazirlik va idoralarga 257 ta xaridni bekor qilish bo‘yicha taqdimnomalar kiritildi.
Xususan, Sog‘liqni saqlash vazirligiga 52 ta shunday murojaat yuborilgan, Transport vazirligiga — 30 ta, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga — 23 ta. Mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimida 32 ta noqonuniy xaridlar aniqlandi.
Bundan tashqari, xaridlar natijalari yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlariga 273 ta so‘rovnoma yuborildi.
Qonunchilik talablarini buzgan 104 nafar shaxs ma’muriy, 85 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Samarqandda elektr va gaz korxonalarining 7 nafar xodimi qamoqqa olindi O‘zbekiston Korrupsiyani qabul qilish indeksida nechanchi o‘rinda ekani aytildi Hokim yordamchilari bir yilda 309 ta korrupsion jinoyatga qoʻl urdi O‘zbekistonda 500 nafar rahbar shaxsning korrupsiyaga moyilligi tekshiriladi O‘zbekistonda amaldorlarning korrupsiyaga moyilligi tekshirilishi mumkin
Soʻnggi yangiliklar







