8 Noyabr 2024, 08:17 Iqtisod

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 43 mlrd dollardan oshdi

Markaziy bank O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 43 mlrd dollardan oshganini e’lon qildi.

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 43 mlrd dollardan oshdi

O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari oktyabr oyida 2 milliard dollarga oshib, 43,14 milliard dollarga yetdi. Bu haqda Markaziy bank tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarda so‘z boradi.

Markaziy bank zaxiralari ketma-ket to‘rt oydan beri o‘smoqda — iyulda 1,06 milliard dollarga, avgustda — 1,75 milliard dollarga, sentabrda — 1,98 milliard dollarga, oktyabrda esa 2 milliard dollarga oshgan.

Shuningdek, o‘tgan oyda xorijiy valyuta zaxiralari 511 million dollarga oshgan — 8,709 milliarddan 9,220 milliard dollargacha. Zaxiralardagi oltinning fizik hajmi o‘zgarishsiz qolmoqda — 12 million troya unsiyasi (367 tonna). Oltin zaxiralari qiymati 1,44 milliard dollarga oshib, 33,36 milliard dollarga yetgan.

Bundan tashqari, Markaziy bankning xorijiy hisobvaraqlaridagi naqd valuta hajmi 445,5 million dollarga oshib, 9,11 milliard dollarga yetgan. Shundan 414,4 million dollari boshqa Markaziy banklar, XVJ va Xalqaro hisob-kitoblar bankida saqlanadi.

Mashhur yangiliklar