2 Dekabr 2024, 10:48 Eksklyuziv, Iqtisod

O‘zbekiston kriptoaktivlarni qabul qilish bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchiga aylandi

O‘zbekistonda taxminan 500 mingga yaqin aholi kriptovalutaga ega, bu aholining 1,46 foizini tashkil qiladi.

O‘zbekiston kriptoaktivlarni qabul qilish bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchiga aylandi

O‘zbekiston jahon reytingida 33-o‘rinni egallab, Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari orasida kriptoaktivlarni qabul qilish bo‘yicha yetakchiga aylandi.

RISE Research hisobotiga ko‘ra, mamlakatda litsenziyalangan provayderlar orqali kriptovaluta operatsiyalari uchun qonuniy asos mavjud. Barcha operatsiyalar soliqdan ozod qilingan. O‘zbekistonda taxminan 500 mingga yaqin aholi kriptovalutaga ega, bu aholining 1,46 foizini tashkil qiladi.

2024 yil oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 1 milliard dollardan ortiq aylanmasi bo‘lgan 15 ta litsenziyalangan provayderlar faoliyatini tartibga solish Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga yuklangan.

Qayd qilinishicha, 2022 yildan beri tartibga solish tufayli budjetga 3 million dollardan ortiq mablag‘ tushdi. Mamlakat blokcheyn va tokenizatsiyani faol rivojlantirmoqda, xalqaro kompaniyalar, jumladan Tether bilan hamkorlik qilmoqda, bu esa innovatsiyalar sohasidagi o‘z o‘rnini mustahkamlaydi.

Mintaqa mamlakatlari orasida ikkinchi o‘rinni Qozog‘iston egalladi, bu yerda 1,5 milliondan ortiq fuqarolar kriptoaktivlarning global aylanishiga jalb etilgan bo‘lishi mumkin. Bu mamlakat umumiy aholisining qariyb 8 foizini tashkil etadi, deyiladi hisobotda.

Qirg‘iziston mintaqada kriptovalutalarga eng sodiq yurisdiksiyalardan biri hisoblanadi. 2024 yil holatiga ko‘ra, Qirg‘izistonda yuzdan ortiq virtual almashuv operatorlari (kriptobirjalar va almashtiruvchilar) ro‘yxatga olingan. RISE Research tahlilchilarining ta’kidlashicha, yilning birinchi yarmida mablag‘larning umumiy aylanmasi 4 milliard dollardan oshdi.

Mashhur yangiliklar