8 Yanvar 2025, 18:05 •Eksklyuziv, Iqtisod
O‘tgan yilda soliq tushumlari qariyb 200 trln so‘mga yetdi
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 20,3 foizga ko‘p.

Soliq organlari tomonidan 2024 yilda respublika bo‘yicha budjetga 199,6 trln so‘m tushumlar ta’minlangan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 20,3 foizga ko‘p.
Soliq turlari kesimida tushumlar miqdori (2023 yilga nisbatan o‘sish):
- foyda solig‘i – 52,7 trln so‘m (+29,1 foiz);
- QQS – 39,6 trln so‘m (+16,4 foiz);
- JShODS – 35,4 trln so‘m (+18,3 foiz);
- yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq – 20,2 trln so‘m (+31,8 foiz);
- aksiz solig‘i – 17,8 trln so‘m (17,4 foiz);
- soliqsiz tushumlar (davlat boji, jarimalar, yig‘imlar) – 15 trln so‘m (o‘sish kuzatilmagan);
- yer solig‘i – 8,2 trln so‘m (19,2 foiz);
- mol-mulk solig‘i – 6,8 trln so‘m (+33,5foiz);
- AOS – 2,8 trln so‘m (+17,6 foiz);
- suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq – 1,2 trln so‘m (48,3 foiz).
Shuningdek, tuman va shaharlar byudjyetiga ham tushumlar 24 foizga oshgan.
Eng yuqori o‘sish quyidagi hududlarda qayd etilgan:
- Toshkent shahrida – 27 foiz;
- Sirdaryo viloyatida – 25 foiz;
- Toshkent viloyatida – 23 foiz.
Мавзуга оид хабарлар:
Tomorqasini qarovsiz qoldirgan xonadon egalari endi uch karra yuqori soliq to‘laydi Mobil aloqa xizmatlari aksiz solig‘idan ozod etildi 1-yanvardan boshlab yer yoki davlat mulki QQSsiz sotiladi Savdo korxonalari 10 oyda qancha soliq to‘lagani ma’lum qilindi Endi reytingi yuqori tadbirkorlik subyektlariga nisbatan soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi
Soʻnggi yangiliklar

Prezident Chorvoqdagi yangi turizm markazi loyihasi bilan tanishdi
14 Aprel 2025, 18:00
Gubkin universitetining Toshkentdagi filiali maʼruzalarda targʻibot olib borilgani haqidagi ayblovlarga izoh berdi
14 Aprel 2025, 17:28
Qirgʻiziston Moskvadagi hammomda migrantlar qoʻlga olingani uchun Rossiyaga nota yubordi
14 Aprel 2025, 16:15
Oʻzbekiston Afgʻoniston zaminida paxta va sabzavot yetishtirmoqchi
14 Aprel 2025, 15:54
Oʻzbekistonda Road24 ilovasi ishlamay qoldi
14 Aprel 2025, 15:26
Sudyalar oliy maktabi xodimi pora bilan qoʻlga tushdi
14 Aprel 2025, 15:08
Issiq, sovuq, yomgʻir: Oʻzbekistonga injiq ob-havo yaqinlashmoqda
14 Aprel 2025, 14:26
AQSH bir yilda millionga yaqin muhojirni deportatsiya qilmoqchi
14 Aprel 2025, 12:32