31 Oktabr 2024, 18:23 Iqtisod

Noyabrdan tabiiy gazning ijtimoiy norma miqdori oshiriladi

“Hududgazta’minot” noyabrdan tabiiy gazning ijtimoiy norma miqdori oshirilishini ma’lum qildi.

Noyabrdan tabiiy gazning ijtimoiy norma miqdori oshiriladi

Joriy yilning 1-noyabridan boshlab tabiiy gazning ijtimoiy norma miqdori 100 metr kubdan 500 metr kubgacha oshiriladi. Bu haqda “Hududgazta’minot” AJ axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, noyabr oyining birinchi kunidan oylik bazaviy me’yorlar isitish mavsumi uchun mo‘ljallangan shkalaga o‘tadi.

Noyabr, dekabr, yanvar va fevral oylarida bir oylik me’yorlar quyidagi tartibda bo‘ladi:

  • 500 m3 gacha — 650 so‘m (1 m3 gaz uchun);
  • 501 m3 dan 2500 m3 gacha — 1500 so‘m;
  • 2501 m3 dan 5000 m3 gacha — 1950 so‘m;
  • 5001 m3 dan 10000 m3 gacha — 2275 so‘m;
  • 10001 m3 va undan yuqori — 2600 so‘m.

Mashhur yangiliklar