28 Avgust 2024, 15:10 Iqtisod

Mustaqillik bayrami munosabati bilan sentyabr pensiyasi oldindan to‘lab beriladi

Pensiya to‘lovlarini bank plastik kartada oluvchi fuqarolarning sentaybr oyi uchun pensiya to‘lovlari 1-sentyabr kuniga qadar o‘tkazib beriladi.

Mustaqillik bayrami munosabati bilan sentyabr pensiyasi oldindan to‘lab beriladi

O‘zbekistonda Mustaqillik bayrami munosabati pensiya to‘lovlarini bank kartasida oluvchi fuqarolarning sentabr oyi uchun pensiya to‘lovlari 1-sentyabr kuniga qadar o‘tkazib beriladi. Bu haqda pensiya jamg‘armasi xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistondagi keksa yoshdagi fuqarolarni, pensiya oluvchilarni, nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda bayramni ko‘tarinki ruhda kutib olishlarini ta’minlash maqsadida, pensiya to‘lovlarini bank plastik kartada oluvchi fuqarolarning 2024-yil sentyabr oyi uchun pensiya to‘lovlari 1-sentyabr kuniga qadar o‘tkazib beriladi.

O‘zbekiston prezidentining “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi farmoniga [PF-108-son] muvofiq sentabr oyi pensiyalar miqdori 15 foizga oshirilgan holatda pensionerlarga to‘lanishi ta’minlanadi.

Naqd pul shaklida pensiya oluvchilarga to‘lovlar 4-sentyabr kunidan boshlab Xalq banki sayyor kassalari tomonidan grafikka muvofiq amalga oshiriladi.

Mashhur yangiliklar