Jahon banki O‘zbekistonga 800 mln dollar imtiyozli kredit ajratdi
Jahon banki O‘zbekistonga islohotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 800 mln dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratdi.
Jahon banki direktorlar kengashi O‘zbekistondagi islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatlash uchun 800 million dollarlik imtiyozli kreditlar ko‘rinishidagi moliyaviy paketni tasdiqladi, deya xabar bermoqda Jahon banki matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, islohotlar dasturi mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, qishloq xo‘jaligi, temir yo‘l va energetika sektorlarida samaradorlikni oshirish, davlat moliyasini boshqarishni takomillashtirish, ijtimoiy himoya xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, mamlakatni atrof-muhit va iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq xatarlarga tayyorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
Mablag‘lar hukumatga xalqaro moliya bozorlarida mavjud bo‘lgan qarz olish imkoniyatlariga nisbatan pastroq foiz stavkalarida va kreditni qoplash uchun uzoqroq muddatlar bilan taqdim etiladi. Bu O‘zbekistonga dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishga yo‘naltirilishi mumkin bo‘lgan katta miqdordagi moliyaviy resurslarni tejashga yordam beradi, deyiladi bayonotda.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistonning Kubadagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi O‘zbekistonliklar Qozog‘iston va Tojikistonga ham ID-karta orqali o‘tishi mumkin bo‘ladi JCH saralashi — 2026. Oʻzbekiston Shimoliy Koreyaga qarshi muhim oʻyinda gʻalaba qozondi O‘zbekiston mobil internet tezligi reytingida pastladi O‘zbekistonga 10 oyda qancha turist kelgani maʼlum qilindi