Inbazar MChJ faoliyati ixtiyoriy tugatiladi
Soliq qo‘mitasi Inbazar MChJ faoliyati ixtiyoriy tugatilishini ma’lum qildi.
Inbazar MCHJ tadbirkorlik subyekti sifatida faoliyat yuritmaydi va hozirgi paytda ixtiyoriy tugatilish bosqichida. Bu haqda 19-sentyabr kuni Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda Toshkent shahrida Inbazar savdo brendi ostida 3 ta tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritmoqda:
- In Mag MChJ;
Go Trend MChJ;
KDS Sales MChJ.
Taqdim etilgan soliq hisobotlariga ko‘ra, ushbu tadbirkorlik subyektlarida 44 nafar xodim rasman ish bilan ta’minlangan.
Soliq organlari tomonidan 2024-yilning o‘tgan davrida “Soliq” mobil ilovasidagi “Soliq hamkor” tizimi orqali xaridorlardan kelib tushgan murojaatlar asosida, mazkur tadbirkorlik subyektlarida 17 marotaba sayyor soliq tekshiruvlari o‘tkazilib, aniqlangan huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha jarimalar qo‘llangan.
Shtatida 1 nafar xodim ko‘rsatilgan Inbazar MChJ tadbirkorlik subyekti sifatida faoliyat yuritmaydi va hozirgi paytda ixtiyoriy tugatilish bosqichida.
Inbazar MChJ tadbirkorlik subyekti sifati 2020-yil 7-fervral kuni ro‘yxatdan o‘tgan. 2024-yil 1-sentyabr kuni holatiga ushbu MChJning faollik holati “faoliyat ko‘rsatayotgan” bo‘lgan. “Stat.uz”ning 19-sentyabr kungi ma’lumotiga ko‘ra, MChJning holati “faoliyat ko‘rsatmayotgan” holatga o‘zgartirilgan.
Shuningdek, bir qator ochiq manbalarda 18-sentyabr kuni Inbazar MChJning holatiga o‘zgartirish kiritilib, “tugatilish jarayonida” ekanligi qayd etilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Soliq qo‘mitasiga qanday masalalarda eng ko‘p murojaat kelib tushmoqda? O‘rta tadbirkorlik sub’yektlari 9 oyda qancha soliq to‘lagani ochiqlandi O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilgan taksichilar soni ikki baravar oshdi Qashqadaryoda soliqchilar 2-sinf o‘quvchilariga to‘lovlar boyicha eslatma xati tarqatdi Qalbaki markirovkali tovarlar savdosi uchun jinoiy javobgarlik joriy etilishi mumkin