9 Oktabr 2024, 11:26 Iqtisod

Fuqarolar kredit olishni o‘z-o‘ziga taqiqlashi mumkin bo‘ladi

Bu o‘zgalar nomiga kredit oluvchi kiberjinoyatchilardan himoyalanish imkonini beradi.

Fuqarolar kredit olishni o‘z-o‘ziga taqiqlashi mumkin bo‘ladi

Kredit-axborot tahliliy markazi portalida fuqarolar tomonidan o‘ziga o‘zi kredit olishni taqiqlash imkoni joriy qilindi. Qayd qilinishicha, bu o‘zgalar nomiga kredit oluvchi kiberjinoyatchilardan himoyalanish imkonini beradi.

Xizmatdan foydalanish uchun Kredit-axborot tahliliy markazi portaliga kirish va avtorizatsiyadan o‘tish lozim. So‘ngra SMS-axborot funksiyasini yoqish talab etiladi. Shundan so‘ng, Freeze xizmatini ishga tushirish kerak. Funksiyadan qanday foydalanish haqida videoqo‘llanma ham yaratilgan. Qayd qilinishicha, xizmat 2025 yil 1 yanvariga qadar bepul ko‘rsatiladi. Xizmatni o‘chirish ham mumkin, bunda onlayn kredit olish imkoniyati tiklanadi.

Mazkur xizmat yoqib qo‘yilsa, hech kim (kredit-moliya tashkilotlari) fuqaroning kredit tarixi bilan bog‘liq ma’lumotlarini ololmaydi. Natijada kredit tashkilotlari fuqaroning kredit tarixini onlayn o‘rgana olmaydi va kredit ajratish imkonsiz bo‘lib qoladi.

Mashhur yangiliklar