4 Noyabr 2024, 15:20 •Iqtisod
Byudjet mablag‘lari hisobidan 177 mlrd so‘mlik noqonuniy xarajatlar aniqlandi
Hisob palatasi byudjet mablag‘lari hisobidan 177 mlrd so‘mlik ortiqcha va noqonuniy xarajatlar aniqlanganini maʼlum qildi.
Hisob palatasining “Masofaviy audit” axborot tizimi tomonidan vazirliklarda avtomatik ravishda aniqlangan risklardan 395 milliard so‘mlik kamchiliklar bartaraf etildi. Hisob palatasi mas’ul xodimi Sardor Usmonovga ko‘ra, nazorat tadbirlari va tahlillar natijasida:
- 54,5 milliard so‘m ortiqcha va noqonuniy xarajatlarning oldi olingan;
- davlat byudjetiga 3,6 trillion so‘mlik qo‘shimcha daromad manbalari aniqlanib, hozirda undirish choralari ko‘rilmoqda;
- byudjet mablag‘lari hisobidan 177 milliard so‘mlik ortiqcha va noqonuniy xarajatlar aniqlanib, ularni bartaraf etish va kelgusida takrorlanmaslik choralari ko‘rilgan.
Davlat xaridlari tahlil qilinganda 3 ming 200 ta shartnoma qayd etilgan qonun talablariga zid ravishda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ygan holda tuzilganligi aniqlangan. Shundan 9 tasida 1,9 milliard so‘mga qimmat narxlar va 1,5 milliard so‘mlik qo‘shib yozish holatlariga yo‘l qo‘yilganligi ma’lum bo‘lgan.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistonda bolalar nafaqasi oluvchilar soni keskin kamaytirildi O‘zbekiston davlat qarzi kelasi yilda 45 mlrd dollardan oshishi mumkin Hokimliklarda ichki audit xizmatlari tashkil etiladi O‘zbekistonda byudjet mablag‘lari moliyaviy nazorati kuchaytiriladi
Soʻnggi yangiliklar
Namanganda 4 kishini Buyuk Britaniyaga noqonuniy jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
22 Noyabr 2024, 19:14Rossiyadagi qurilishda o‘zbekistonlik ishchi halok bo‘ldi
22 Noyabr 2024, 18:34Dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
22 Noyabr 2024, 17:55Toshkentda nogironligi bo‘lganlar uchun “Ijtimoiy taksi” xizmati yo‘lga qo‘yildi
22 Noyabr 2024, 17:19FIFA Abbosbek Fayzullayevni e’tirof etdi
22 Noyabr 2024, 16:42Dubayda dunyodagi eng katta oltin yombi namoyish etildi
22 Noyabr 2024, 16:02Qirg‘iziston ko‘mir eksportini yarim yilga chekladi
22 Noyabr 2024, 15:20Jizzaxda 3,7 mlrd soʻmlik elektr oʻgʻirlagan fermer xoʻjaligi aniqlandi
22 Noyabr 2024, 14:48