8 Noyabr 2024, 17:57 •Iqtisod
Ayrim tadbirkorlarga to‘lagan solig‘ining bir qismi qaytarib beriladi
2024 yilning 1 oktyabridan boshlab ayrim tadbirkorlarga to‘lagan solig‘ining 20 foizi qaytarib beriladi.
2024 yil 1 oktyabrdan boshlab turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’yektlariga – byudjetga to‘langan soliqning 20 foizi qaytariladi.
2025 yil 1 yanvardan boshlab umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’yektlariga oylik tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmasining naqd pulsiz qismi:
- 60 foiz va undan yuqori bo‘lganda — budjetga to‘langan soliqning 40 foizi;
- 60 foizdan kam bo‘lganda — budjetga to‘langan soliqning 20 foizi qaytariladi.
Tadbirkorlik sub’yekti soliq hisobotini taqdim etgandan so‘ng, lekin 3 oydan kechiktirmasdan soliqning bir qismini qaytarish uchun murojaat qilishga haqli.
Soliqning bir qismi quyidagi shartlar to‘liq bajarilganda avtomatik ravishda qaytariladi:
- hisobot davrida soliq bo‘yicha taqdim etilgan soliq hisobotiga muvofiq hisoblangan soliq budjetga to‘liq to‘langanda;
- hisobot davrida umumiy ovqatlanish, turoperatorlik yoki mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha umumiy tovar aylanmasi jami tovar aylanmasining 90 foizidan kam bo‘lmaganda;
- hisobvaraq-fakturalarda yoki nazorat-kassa texnikasi cheklarida realizatsiya qilingan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasi hamda faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlariga yoki amalga oshiriladigan turlariga muvofiq bo‘lgan identifikatsiya kodlari aks ettirilgan qismiga nisbatan.
Vaqtinchalik nizom 2028 yil 1 yanvarga qadar amal qiladi.
Мавзуга оид хабарлар:
Ayrim shaxslarga temir yoʻl transporti va avtobus uchun bepul chiptalar beriladi Tovarlarini elektron platformalar orqali sotuvchilarga soliqlar oshirilishi mumkin Atom energiyasi agentligining asosiy vazifalari belgilandi O‘zbekistonda ayrim turdagi soliq stavkalari oshiriladi O‘rta tadbirkorlik sub’yektlari 9 oyda qancha soliq to‘lagani ochiqlandi
Soʻnggi yangiliklar
Braziliyada erkak Oliy sud binosi yaqinida o‘zini portlatdi
14 Noyabr 2024, 19:22Pekindan qaytgan yo‘lovchi 145 mln so‘mlik soatni yashirincha olib o‘tishga urindi
14 Noyabr 2024, 18:39Sirdaryoda haydovchidan pora talab qilgan YPX inspektori qamaldi
14 Noyabr 2024, 18:02Sirdaryoda qiymati 5 mlrd so‘mdan ziyod gaz o‘g‘irlandi
14 Noyabr 2024, 17:38“Oʻzbekiston temiryoʻllari” 1-dekabrdan yuk tashish tariflarini oshiradi
14 Noyabr 2024, 16:53Surxondaryoda 19 kishini chuv tushirgan firibgar qamaldi
14 Noyabr 2024, 16:18Samarqandda 3-sinf o‘quvchisini avtobus urib yubordi
14 Noyabr 2024, 15:44“Oʻztemiryoʻlkonteyner” AJning 35 foiz aksiyalari 200 mlrd soʻmga sotildi
14 Noyabr 2024, 15:10