Andijonda metan gazning maksimal narxi belgilandi
Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov tomonidan metan gaz narxiga cheklov o‘rnatildi.
Andijon viloyatida metan gaz narxiga cheklov davom etadi. Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, maksimal narx 3750 so‘m deb belgilangan.
Agarda narx sun’iy oshirilgan holatlarga guvoh bo‘lsangiz, tegishli idoralarga yoki matbuot xizmatiga (+998932730823) bu haqda ma’lumot qoldirishingiz so‘raladi, deyiladi xabarda.
O‘tgan yili sentabrda qabul qilingan Vazirlar Mahkamasi qarori bilan, 2023 yil 1 oktyabrdan boshlab metan gaz uchun eng baland chakana narx belgilab qo‘yilgan edi. 6 oy muddatga joriy etilgan bu tartib avvaliga 2024 yil 1 aprelidan 1 iyungacha uzaytirildi, keyin cheklov 1 avgustgacha davom etishi belgilandi.
1 avgustdan keyin cheklov davom etishi yoki narxlar “qo‘yib yuborilishi” borasida hukumat idoralaridan hozircha rasmiy munosabat bo‘lmadi.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistonda eng zich aholi qaysi viloyatda yashashi ma’lum qilindi Andijon viloyatiga yangi prokuror tayinlandi Ikki viloyatda 1 mlrd so‘mdan ortiq “svet”dan noqonuniy foydalanganlar ushlandi Andijonda giyohvand modda sotayotgan shaxslar ushlandi Samarqandda metan “zapravka” 6,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi