28 Avgust 2024, 10:15 Iqtisod

11 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonun buzilishi aniqlandi

O‘zbekistonda so‘nggi ikki oyda 11 mlrd so‘mlik davlat xaridlari qonunchilikka zid tarzda o‘tkazilishining oldi olindi.

11 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonun buzilishi aniqlandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan joriy yilning iyun—iyul oylarida jami 11 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonunbuzilishi holatlari aniqlandi.

Jumladan, quyidagi davlat xaridlarida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgan:

  • O‘zyo‘lko‘prik klasterining Jizzax filiali davlat muassasasi — 2,9 mlrd so‘mlik;
  • Shahrisabz shahar 20-son bolalar musiqa va san’at maktabi — 885,9 mln so‘mlik;
  • Namangan davlat o‘rmon xo‘jaligi — 605 mln so‘mlik;
  • Toshkent tumani tibbiyot birlashmasi — 551,9 mln so‘mlik;
  • Ichki ishlar vazirligi qoshidagi “Qurilish ta’mirlash guruhi” DUK — 520 mln so‘mlik;
  • Termiz tumani suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi — 500 mln so‘mlik;
  • Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali — 407 mln so‘mlik;
  • Qumqo‘rg‘on tuman Obodonlashtirish boshqarmasi — 275,5 mln so‘mlik;
  • Sariosiyo tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi — 200 mln so‘mlik;
  • Respublika O‘lat karantin va o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar muhofazasi markazi Qashqadaryo filiali — 190 mln so‘mlik;
  • Andijon ilmiy-tajriba stansiyasi davlat muassasasi — 169,1 mln so‘mlik;
  • Narpay tumani obodonlashtirish boshqarmasi — 82 mln so‘mlik;
  • Oltinsoy tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi — 76,5 mln so‘mlik davlat xaridlarida.

Shuningdek, “Oqoltin don mahsulotlari” AJning 3 mlrd so‘mlik, Toshkent viloyati Ohangaron shahar kasb-hunar maktabining 403 mln so‘mlik davlat xaridlarida O‘zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunning talablariga zid ravishda baholash jarayonida qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilgan.

Bundan tashqari, Namangan kasb-hunarga o‘qitish markazining 269 mln so‘mlik davlat xaridida qonunchilik talablariga zid ravishda o‘zaro affillangan shaxslar ishtirok etganligi aniqlandi.

Agentlik taqdimnomalariga asosan xarid komissiyalarining g‘olibni aniqlash haqidagi bayonnomalari bekor qilinishi ta’minlandi, shu tariqa qayd etilgan davlat xaridlari noqonuniy o‘tkazilishining oldi olindi.

Qayd etilgan qonunbuzilishi holatlariga oid to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Mashhur yangiliklar