Meteonova ma’lumotlariga ko‘ra, 2 va 3-yanvar kunlari O‘zbekistonda “to‘q sariq darajadagi” kuchli magnit bo‘roni bo‘ladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2-yanvar kuni geomagnit buzilishlar kuchi 4 ballni tashkil etadi. Geozarbalar soat 05:00 da, 8:00 dan keyin 3 ballgacha, kechga yaqin esa 2 ballgacha pasayishi kutilmoqda.

3-yanvar kuni magnit bo‘ronining intensivligi 5 ball atrofida bo‘lishi kutilmoqda, eng yuqori cho‘qqisi soat 08:00-14:00 oralig‘iga to‘g‘ri keladi, kechga yaqin kuchsizlanadi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, magnit bo‘ronlarining ta’sirini yurak-qon tomir kasalliklari, asab tizimi kasalliklari, qandli diabet va bronxial astma bilan og‘rigan odamlar, bundan tashqari, ob-havoga sezgir va meteopatiya (ob-havo sharoiti tufayli og‘riq) alomatlarini boshdan kechirayotgan odamlar eng ko‘p his qilishadi.






















