Velosiped mingan bola to‘g‘ridan-to‘g‘ri avtomobil g‘ildiraklari ostiga kirib ketib, shifoxonada vafot etdi — video
Bola mahallada aylanib yurib, yo‘lning qatnov qismiga chiqib qolgan.

16 avgust kuni Farg‘ona viloyati Buvayda tumani Dehqonobod mahallasi hududida odam o‘limi bilan bog‘liq YTH sodir bo‘ldi.
Olti yoshli bola velosipedda harakatlanib, 33 yoshli erkak boshqaruvidagi “GAZ-3110” rusumli avtomobilning shundoqqina tagiga chiqib qolgan. Haydovchi reaksiya bildirishga ulgurmadi va to‘qnashuvdan keyin tormozlashni boshladi.
Jabrlangan bola tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan va ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan vafot etgan.
Viloyat YHXB matbuot xizmati qoidalarga rioya qilishga, o‘zingiz va boshqalarning hayotini xavf ostiga qo‘ymaslikka chaqirdi.
Izohlar