Hodisa

Toshkentning bir qismida issiq suv o‘chiriladi

Iste’molchilardan uzr so‘raldi.

29-sentyabr kuni Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida issiq suv ta’minoti to‘xtatiladi, deya xabar berdi Veolia Energy matbuot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, soat 09:00 dan 22:00 gacha Mingbuloq ko‘chasida diametri 700 mm bo‘lgan quvurni kesish va qayta yotqizish ishlari olib borilishi munosabati bilan quyidagi mavzelarda 2-IM issiqlik markazidan issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:

  • Qorasuv-1, 2, 3, 4, 6;
  • Bo‘z-2;
  • Feruza.

Qurilish-montaj ishlari uy-joylarning bir qismiga, shuningdek, ijtimoiy obyektlarga ta’sir qiladi.

Barcha vaqtinchalik o‘chirishlar issiqlik ta’minoti sifatini yaxshilashga qaratilgan. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va tushunganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz, — deya ta’kidladi Veolia Energy.

 

Izohlar

Mavzuga oid

Главная