Toshkentning ayrim aholisi vaqtincha gazsiz qoladi — manzillar
Kechga borib ta’minot tiklanadi.

14-oktyabr kuni Toshkentning Sergeli tumanidagi ayrim joylarda gaz o‘chiriladi, deb xabar bermoqda “Hududgazta’minot” axborot xizmati.
Gaz ta’minotining uzilishi rejali ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq. Quyidagi mahallalarda soat 10:00 dan 17:00 gacha gaz ta’minoti to‘xtatiladi:
- Qumariq, Oltin vodiy va Uchuvchilar
Eslatib o‘tamiz, Farg‘onada gaz quyish shoxobchasi milliardlab so‘mlik gazni talon-toroj qilgan edi. To‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.
Izohlar