Hodisa

Toshkentdagi xonadonlardan birida yong‘in sodir bo‘ldi

Qutqaruvchilar yong‘inni zudlik bilan bartaraf etgan, hech kim jabrlanmagan.

22-iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Poytaxt FVB voqeaga izoh berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, yong‘in 22-iyun kuni soat 13:00 da Shayxontohur tumani Ko‘kcha ko‘chasidagi xonadonlardan birida sodir bo‘lgan. Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari soat 13:09 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 13:12 da bartaraf etilgan. Jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari va yetkazilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda mebel sexi yonib ketgandi. Yong‘in bir necha soat davomida o‘chirilgan, hodisa sababi va yetkazilgan zarar miqdori hozircha aniqlanmagan. Yong‘in oqibatida jabrlanganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan. Tadbirda Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati hamda Toshkent shahar va tuman FVB mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Асия Мамадиярова
Редактор «NOVA24»

Izohlar

Mavzuga oid

Главная