Toshkentda mebel syexi yonib ketdi — video
Yong‘in bir necha soat davomida o‘chirilgan, hodisa sababi va yetkazilgan zarar miqdori hozircha aniqlanmagan.

6-iyun kuni Toshkentdagi mebel sexida yirik yong‘in sodir bo‘ldi, deya xabar qildi FVV matbuot xizmati.
Voqea soat 07:55 da Toshkent shahar Sergeli tumani “Bobur” MFY Sergeli ko‘chasida sodir bo‘lgan. Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 08:07 da voqea joyiga yetib borgan. Yong‘in soat 08:42 da qurshab olinib, soat 10:23 da o‘chirilgan. Yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.
Yong‘in oqibatida jabrlanganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan. Tadbirda Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati hamda Toshkent shahar va tuman FVB mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Eslatib o‘tamiz, “Qamchiq” dovonida Nexia yuk mashinasiga borib urilgan va yonib ketgandi. Qutqaruvchilar yong‘inni o‘chirib, jabrlanganlarni shifoxonaga olib ketishgan.
Izohlar