Toshkentda yoshlar bir necha shisha spirtli ichimlik uchun mushtlashdi
Huquq-tartibot idoralari xodimlari tartibbuzarlarni qo‘lga olib, bo‘limga kuzatib qo‘ydi.

Toshkentda to‘rt nafar yigit do‘kondan spirtli ichimliklarni olib chiqishga uringan, savdo nuqtasi egasi ularni qo‘lga olmoqchi bo‘lganida esa shovqin-suron ko‘tarib, jamoat tartibiga xalaqit bera boshlagan, deb xabar bermoqda IIBB matbuot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 14-avgust kuni Yangihayot tumani “Yangi Choshtepa” mahallasida sodir bo‘lgan. 19 yoshli uch yigit va ularning 24 yoshli do‘sti do‘kondan bir necha shisha spirtli ichimlik olib, ularni kassa yonidan olib o‘tmoqchi bo‘lgan, biroq ularni savdo nuqtasi egasi payqab qolgan va to‘xtatishga uringan.
Erkak yigitlardan mahsulotning pulini to‘lashni talab qilganda, ular baland ovozda baqirib, jamoat tartibini buzishdi va atrofdagilarga xalaqit berishdi. Shundan so‘ng voqea joyiga huquq-tartibot idoralari xodimlari yetib borib, huquqbuzarlarni qo‘lga olgan va bo‘limga olib borgan. Tartib posbonlari tomonidan qo‘lga olinganlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 183- (Mayda bezorilik) va 194-moddalari (Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini bajarmaslik) bilan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, ish hujjatlari tuman sudiga yuborilgan.
Avvalroq Toshkentda blogerlar hayp uchun piyodalar zinapoyasida avtomobilda sayr qilgani haqida xabar berilgan edi. Ular Lacetti`ni Mercedes-Benz`ning ehtiyot qismlari bilan jihozlagan va shu tariqa mashinani sinovdan o‘tkazishga qaror qilgan.
Izohlar