Toshkentda yirik YTH sodir bo‘ldi, jabrlanganlar bor — video
Lacetti haydovchisi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.

3-iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi yirik yo‘l-transport hodisasi oqibatlari aks etgan video tarqaldi. YHXX hodisaga izoh berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, YTH 2-iyul kuni soat taxminan 00:50 larda Chilonzor tumani Quvunchi va Guliston ko‘chalari kesishmasida sodir bo‘lgan. Lacetti haydovchisi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, Damas bilan to‘qnashgan. Damas haydovchisiga birinchi yordam ko‘rsatilgan. Ish bo‘yicha tergov boshlandi.
Eslatib o‘tamiz, Surxondaryo tuman sudi raisi mast holda odam o‘limiga sabab bo‘lgan YTH uchun sudlangandi. Sudya rulda bo‘lganini rad etdi, biroq sud-tibbiy ekspertizasi buning aksini isbotlagan. Unga manzil-koloniyada 5 yil qamoq jazosi tayinlanib, 3 yilga haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilingan.
Izohlar