Toshkentda yigit qizga tegajog‘lik qilib, jarimaga tortildi
Sud yigitga eng yengil modda bo‘yicha jazo tayinladi.

Toshkentda ko‘chada qizga tegajog‘lik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 21 iyun kuni Yashnobod tumanida sodir bo‘lgan. Soat 19:00 atrofida uyning oldidagi ko‘chada 22 yoshli yigit notanish qizning orqasidan pastrog‘ini ushlab ko‘rgan. Sudda yigit o‘z aybiga qisman iqror bo‘ldi, pushaymonligini bildirdi, shuningdek, yengilroq jazo tayinlashni so‘radi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudi uni Jinoyat kodeksining 41-1-moddasi (Shahvoniy shilqimlik) bilan aybdor deb topib, BHMning 2 baravari (750 ming so‘m) miqdorida jazo tayinladi.
Avvalroq Toshkentda mast erkak notanish ayolga tegajog‘lik qilib, besh sutkaga qamalgani haqida xabar berilgandi. Ayblanuvchi notanish ayolning bo‘ynidan ushlab, zo‘rlab o‘pgan.
Izohlar