Hodisa

Toshkentda yigit maktab o‘quvchisiga pichoq urdi

O‘smir kasalxonaga yotqizilgan, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Фото: Ситуативное

14-sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda maktab o‘quvchilari o‘rtasida pichoqbozlik sodir bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. IIBB hodisa yuzasidan izoh berdi.

Aniqlanishicha, voqea 11-sentyabr kuni soat 22:30 larda Mirobod tumani “Qo‘yliq” massividagi 2-uy yonida sodir bo‘lgan. 2005-yilda tug‘ilgan ikki yigit 2008-yilda tug‘ilgan notanish o‘smirlar bilan janjallashib qolgan. Mojaro davomida yigitlardan biri maktab o‘quvchisiga pichoq bilan jarohat yetkazgan.

O‘smir shifoxonaga yotqizilgan, u shifokorlar nazorati ostida. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Aybdorlar uch yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Tergov boshlandi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda erkak uyni sotishdan bosh tortgani uchun xotiniga o‘nlab pichoq zarbalari bergandi. Jabrlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, ayblanuvchi giyohvand moddalarni sotib olish uchun qo‘liga tushgan hamma narsani sotgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная