Toshkentda yigit jinsiy a’zosini videoga olib, hamkasbiga yubordi
Fuqaroga besh sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Toshkentda yigit jinsiy a’zosi tasvirlangan videoni hamkasbiga yubordi va 5 sutkaga qamaldi, deb xabar bermoqda UzNews.
Hodisa 12-oktyabr kuni sodir bo‘lgan, 20 yoshli yigit o‘zining jinsiy a’zosini videoga olib, birga ishlaydigan 18 yoshli qizga yuborgan. Unga turli behayo so‘zlarni ham yozib yubordi. Sudda ayblanuvchi o‘z aybini tan oldi. Unga nisbatan 41-1-modda (Shahvoniy shilqimlik) bilan 5 sutka qamoq jazosi tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda taksi haydovchisi o‘zini mullalikka solib, ikki ayolga tegajog‘lik qilgandi. Sud unga atigi besh sutka qamoq jazosi tayinladi. Aslida taksi haydovchisi bo‘lgan erkak namoz o‘qigani uchun 3,6 mln so‘m olgan.
Izohlar