Toshkentda pirotexnika vositasi tufayli bir kishi og‘ir tan jarohati oldi, natijada uning qo‘li kesib tashlandi, deb xabar bermoqda IIBB matbuot xizmati.

Hodisa Yangihayot tumanida sodir bo‘lgan, 24 yoshli yigit o‘z uyida pirotexnika vositalaridan foydalanganidan so‘ng og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Idora ma’lumotlariga ko‘ra, buyum kutilmaganda ishdan chiqqan, natijada qo‘l va yuz sohalari shikastlangan.

Chap bilak suyaklarining ochiq parchalangan sinishlari, tomirlar va nervlarning shikastlanishi, kaftning ezilgan va yirtilgan jarohati qayd etilgan. O‘ng qo‘li (bilak va kaft), shuningdek, yuzi kuygan. Bemor og‘ir shok holatida olib kelindi. To‘liq tekshiruvdan o‘tkazilgach, zudlik bilan jarrohlik amaliyotiga olindi.

Operatsiya paytida bemorning chap qo‘li kaftining to‘liq shikastlangani ma’lum bo‘ldi: qon tomirlari va asablari yorilib, ko‘plab suyak parchalari singan. Yumshoq to‘qimalarning holatini hisobga olgan holda, qo‘lni amputatsiya qilishga qaror qilindi.

Hozirda bemorning ahvoli qoniqarli, kuyish jarohatlari bo‘yicha davo muolajalari olib borilmoqda, — deydi Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi travmatologi Anvar Ismoilov.

Eslatib o‘tamiz, Samarqandda yosh jinoyatchilar qo‘lbola pirotexnika vositalarini sotishgan. Tartib posbonlari ularni jinoyat ustida qo‘lga olishdi, shundan so‘ng ularning uylari tintuv qilinib, u yerdan yana o‘nlab dalillar topildi.