5-yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda pichoq ko‘targan erkak podyezdda yurib, fuqarolar eshigini taqillatgani aks etgan video tarqaldi. IIBB hodisaga izoh berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea soat 01:35 larda Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi ko‘p qavatli uylardan birida sodir bo‘lgan. Qo‘lida pichoq ushlagan mast odam qo‘shnisining eshigini taqillatdi. IIB xodimlari fuqaroni qo‘lga oldi.

Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 183-moddasi (Mayda bezorilik), 185¹²-moddasi (Sovuq qurol yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni olib yurish) va 194-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) bilan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

To‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudiga yuborilgan. Sud tomonidan ushbu shaxsga nisbatan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Hibsga olish muddati ma’lum qilinmagan.

Eslatib o‘tamiz, Andijonda mast erkak begona erkakni pichoqlab o‘ldirib, uning do‘stini yaralagandi. Hujum qilgan shaxs qamoqqa olinib, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.