Hodisa

Toshkentda kriptoaktivlar noqonuniy aylanmasi bilan shug‘ullangan jinoiy guruh qo‘lga olindi

Olti kishi 180 milliard so‘mni legallashtirishga ulgurgan.

Toshkentda jinoiy guruhning olti nafar a’zosi qo‘lga olindi, deb xabar berdi “Kiberxavfsizlik markazi” axborot xizmati.

Gumonlanuvchilar xorijiy bukmekerlik kompaniyalariga xizmat ko‘rsatib, qonunda belgilangan qoidalarga zid ravishda Desent platformasi orqali kriptoaktivlar aylanmasi orqali pullarni legallashtirgan.

Yashnobod tumanida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida ular qo‘lga olingan. Ular tomonidan 2025-yil yanvar oyidan hozirgi kunga qadar 180 mlrd so‘mdan ortiq kriptoaktivlarning noqonuniy aylanmasi amalga oshirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 278-8-moddasi 3-qismi “a” va “v” bandlari (Kriptoaktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat ishi doirasida 38 dan ortiq mobil telefon va 1000 ga yaqin plastik kartalar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная