Toshkentda katta daraxt yo‘lga qulab, ikki avtomobilni bosib qoldi — video
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, hech kim jabrlanmagan.

3-iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda daraxt qulab, avtomobillar bosib qolgani haqida xabarlar tarqaldi. Mutasaddi idoralar hozircha hodisa yuzasidan izoh bermadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea Toshkent shahri Yunusobod tumani Buyuk Turon ko‘chasida sodir bo‘lgan. Katta daraxt to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘lning qatnov qismiga qulab tushdi va ikkita avtomobil — Spark va BYD`ni bosib qoldi. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, odamlardan hech kim jabrlanmagan. Avtomobillar texnik shikastlangan. Mutasaddi idoralar hozircha rasmiy izoh bergani yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda bir yoshli bolasini aravachada olib ketayotgan ayol ustiga daraxt qulab tushgandi. Chaqaloq nobud bo‘lgan. Bosh prokuratura bolaning o‘limini tasdiqlagan. Ayol qo‘li va boshidan jarohat olgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari vaziyatni o‘rganib chiqqan.
Izohlar