Hodisa

Toshkentda IIB xodimi fuqaroga pul evaziga “chiroyli raqamli” ID-karta va’da qildi

Huquq-tartibot xodimi pora olayotganda qo‘lga olindi.

Toshkentda fuqaro huquq-tartibot idoralariga murojaat qilib, IIB xodimi undan pora talab qilganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.

Fuqaroning aytishicha, Shayxontohur tumani IIB faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi xodimi fuqaroga “chiroyli raqamlar” bilan ID-karta rasmiylashtirib berishni va’da qilgan. Bundan tashqari, huquq-tartibot idorasi xodimi o‘z xizmati uchun 1500 dollar talab qilgan.

Tezkor tadbir davomida xodim kelishilgan puldan 1000 dollarni olgan vaqtida xolislar ishtirokida ushlandi. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (Pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ish bo‘yicha tergov boshlandi.

Eslatib o‘tamiz, Farg‘ona va Namanganda hokim yordamchilari pora bilan qo‘lga olingandi. DXX xodimlari mansabdor shaxslarni pul olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olgan.

Асия Мамадиярова
Редактор «NOVA24»

Izohlar

Mavzuga oid

Главная