3-yanvar kuni Toshkentda huquq-tartibot idoralari xodimlari o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan shaxsni qutqarib qolishdi, deb xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.
Hodisa soat 19:18 atrofida Bektemir tumanidagi “Qo‘yliq” bozori yonidagi ko‘prik yonida sodir bo‘lgan. Mast holatda bo‘lgan fuqaro pastga sakramoqchi bo‘lgan.
Voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan qo‘riqlash xizmati xodimlari hamjihatlik bilan harakat qilib, 1987-yilda tug‘ilgan fuqaroning hayotini saqlab qolgan. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Buxoroda ayol o‘z farzandlarini o‘zi bilan birga suv kanaliga cho‘ktirmoqchi bo‘lgandi. Ayblanuvchi o‘zi bilan birga yashaydigan erkak bilan janjallashib, o‘z joniga qasd qilishga uringan.
























