Hodisa

Toshkentda erkak uyni sotishdan bosh tortgani uchun xotiniga o‘nlab marta pichoq urdi

Jabrlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, ayblanuvchi giyohvand moddalarni sotib olish uchun qo‘liga tushgan hamma narsani sotgan.

2025-yil fevral oyida Toshkentda erkak xotiniga pichoq bilan hujum qilib, unga 20 dan ortiq jarohat yetkazdi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar sudlari matbuot xizmati.

Jabrlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, erkak giyohvand moddalarni sotib olish uchun qo‘liga tushgan hamma narsani sotgan va er-xotin o‘rtasidagi mojaro ayolning uyni sotishdan bosh tortishi tufayli yuzaga kelgan.

“Voqea sodir bo‘lgan kuni uyga kelsam, u oshxonada pichoq qayrab o‘tirgan ekan. Shundan so‘ng darhol menga hujum qildi. U meni qo‘llari bilan uryapti deb o‘ylagandim. Ahvolim juda yomon edi. Keyin menga pichoq bilan urganini aytishdi. Shifokorlarga rahmat, o‘zimga keldim. Ular meni narigi dunyodan qaytarishdi. Men uni kechirolmayman”, — dedi u.

Sudda erkakka Jinoyat kodeksining 25-97-moddasi 2-qismi (O‘ta shafqatsizlik bilan, g‘arazli niyatlarda, o‘ta xavfli retsidivda odam o‘ldirishga suiqasd qilish) bandlari bilan 15 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan, biroq ayblanuvchi hukmdan norozi bo‘lib, apellyatsiya shikoyati bergan. Hukm o‘zgarishsiz qoldirildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Termizda erkak xotinini ayovsiz kaltaklagandi. Ayol zo‘ravonlikka chiday olmay, yosh bolasi bilan uydan deyarli hech narsasiz qochib ketgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная