Toshkentda erkak mix qoqilgan tayoq bilan odamlarga tahdid soldi — video
Jamoat tartibini buzganlar 15 sutkagacha qamoqqa olinishi mumkin.

28-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda tayoq ko‘targan erkakning odamga hujum qilgani aks etgan video tarqaldi. IIBB hodisaga izoh berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, voqea 27-avgust kuni tunda Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Termiziy ko‘chasida sodir bo‘lgan. 28 va 27 yoshli ikki erkak 20 va 22 yoshli uch yigit bilan janjallashgan. Natijada 27 yoshli fuqaro Tracker avtomobilidan mixlari chiqib turgan tayoqni olib, bezorilarga tahdid qila boshlagan. Keyinroq u do‘sti bilan voqea joyidan ketgan.
Ma’lum qilinishicha, janjal oqibatida hech kim jabrlanmagan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 183-moddasi (Mayda bezorilik) va 194-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaslik) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Ish bo‘yicha materiallar sudga yuborildi. Aybdorlar 15 sutkaga qamalishi mumkin, tergov olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Andijonda bir guruh erkaklar ikki fuqaroni olomon bo‘lib kaltaklagandi. Hujum qilganlar bezorilik uchun ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilindi.
Izohlar