Hodisa

Toshkentda erkak Central Park’dagi hovuzdan baliq o‘g‘irladi — video

Avvalroq qashqadaryolik oila bog‘da oqqushni tutib, kechki ovqatga yegandi.

24-iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda erkakning hovuzdagi baliqlarni qo‘llari bilan o‘g‘irlagani va buni qilmaslikni so‘ragan ayolni haqorat qilgani aks etgan video tarqaldi. Mutasaddi idoralar hozircha hodisa yuzasidan izoh bermadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea Toshkentdagi Central Park’da sodir bo‘lgan. Erkak qo‘llari bilan hovuzdan baliq o‘g‘irladi. Guvohlar baliqchini to‘xtatib, uni baliqni qo‘yib yuborishga majbur qilishgan, biroq fuqaro aralashganlarni haqorat qila boshlagan. Mutasaddi idoralar hozircha hodisa yuzasidan izoh bermadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ushbu bog‘da qashqadaryolik oila oqqushni tutib, kechki ovqatga yegandi. “Mehr va Oqibat” hayvonlarni himoya qilish jamiyati a’zolari ushbu oila a’zolari bilan bog‘ning o‘zida “mehribonlik suhbati” o‘tkazdi. Ko‘ngillilar ota va uning bolalari bilan suhbatlashishdi, shundan so‘ng bolalar bilan birgalikda qushlarni boqishgan.

Асия Мамадиярова
Редактор «NOVA24»

Izohlar

Mavzuga oid

Главная