Hodisa

Toshkentda ba’zi aholi tunda yana chiroqsiz qoladi

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raldi.

4-iyul kuni Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi bir nechta mahallalarda elektr ta’minoti uziladi, deb xabar bermoqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” AJ axborot xizmati.

Eskirgan uskunalarni modernizatsiya qilish va elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash bo‘yicha ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan “Botanika” podstansiyasida quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:

  • Mirzo Ulug‘bek tumani: “Oqqo‘rg‘on”, “Darxon”, “Mustaqillik” va “Mirzakalon Ismoiliy” mahallalarida soat 00:00 dan 03:00 gacha.

Iste’molchilar saytlardagi ishlar muddatidan oldin yakunlanishi mumkinligi haqida ogohlantirildi va yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so’raldi.

Eslatib o‘tamiz, Energetika vazirligi o‘zbekistonliklar yozda barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlanadi, deb hisoblaydi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная