Toshkentda avtobusda erkak qizga tegajog‘lik qilib, besh sutkaga qamaldi — video
Ayblanuvchi yo‘lovchining orqasiga qasddan tegingan.

Toshkentda erkak avtobusda ketayotgan qizga tegajog‘lik qilib, uning dumbasiga qo‘l tekkizdi, deb xabar bermoqda UzNews.
Ish hujjatlariga ko‘ra, voqea 11-avtobusda sodir bo‘lgan. 54 yoshli erkak qasddan qizlarning dumbasiga tegib, uyatsiz harakatlar qilgan. Sudda fuqaro ayblanuvchi o‘z aybini to‘liq tan oldi. U qilgan ishidan pushaymon ekanligini va boshqa bunday qilmasligini aytdi.
Sud qarori bilan u Jinoyat kodeksining 41-1-moddasi (Shahvoniy shilqimlik) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilgan. Unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryoda soliq inspeksiyasi xodimi tadbirkor ayolga tegajog‘lik qilgandi. Erkak jabrlanuvchiga shaxsiy xarakterdagi nomaqbul xabarlar yozgan, unga uchrashuvlar taklif qilgan, shuningdek, uning do‘koniga bir necha marta soliq inspektorlarini yuborgan.
Izohlar