Hodisa

Toshkentda avtobus loyga botib qoldi — video

Voqea joyiga maxsus texnika yetib kelgan va u jamoat transportini olib chiqishga urinayotganda ichidagi haydovchi bilan birga qulab tushgan.

15-sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda avtobus va marshrutka loyga botib qolgani haqida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi izoh berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea Gulsanam ko‘chasida sodir bo‘lgan. Bekatda marshrutka va avtobus to‘xtab qoldi — ular yerostiga tushib, loyga botib qoldi. Tuman hokimligi holat yuzasidan tekshiruv boshlangani, keyinroq qo‘shimcha ma’lumot berilishini ma’lum qildi.

Keyinroq voqea joyiga maxsus texnikalar yetib kelgan. Biroq loyga botib qolgan avtobusni olib chiqishga uringanimizda maxsus texnika ichidagi haydovchi bilan birga qulab tushgan. Voqea joyida tez yordam shifokorlari ishlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda tungi avtobuslarni tashkil etish ma’qullangandi. Yo‘l haqi kunduzgi yo‘nalishlardan farq qilmaydi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная