O‘zbekiston

Toshkentda YTH tufayli metro avtobuslari harakati sekinlashdi

“Toshkent metropoliteni” bu holatga izoh berdi.

Toshkentda YTH tufayli metro avtobuslari harakati sekinlashdi
Фото: KlimFillipov

Ijtimoiy tarmoqlarda yo‘lovchilar yer usti metro liniyasining yo‘l ishlari olib borilayotgan qismida metro avtobuslarining katta intervallaridan shikoyat qila boshlagani haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. “Toshkent metropoliteni” bu holatga izoh berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ishga tushirilgan metro avtobuslarining “Quruvchilar” va “Qipchoq” bekatlari oralig‘idagi oraliq vaqti 20 daqiqani tashkil etib, bekatda navbatlar yuzaga kelgan.

Ushbu transport vositalari harakati tasdiqlangan jadval asosida amalga oshiriladi va doimiy nazoratga olinadi. Shuningdek, idora 16-iyun kuni metropoliten yo‘nalishida yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘lgani, natijada hududda tirbandlik yuzaga kelganini ma’lum qildi.

Shu sababli metro avtobuslari yo‘nalish bo‘ylab harakatlana olmadi va harakat oralig‘i uzayib ketdi. Qayd etilishicha, hozirda transport vositalari shtat jadvali asosida ishlamoqda va doimiy nazoratga olingan.

Avvalroq Toshkentda yo‘l o‘rtasida avtobuslar uchun birinchi maxsus yo‘lak paydo bo‘lishi haqida xabar berilgandi. Loyiha jamoatchilik muhokamasisiz qabul qilingan.

Izohlar

Mavzuga oid