Hodisa

Toshkentda Alisher Tursunov ustidan sud boshlandi

Sudlanuvchi bir vaqtning o‘zida uchta modda bo‘yicha ayblanmoqda.

Toshkentda Azon Global portali asoschisi, Mubashshir Ahmad nomi bilan tanilgan Alisher Tursunovga nisbatan sud boshlandi, deb xabar bermoqda Oliy sud matbuot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ishni ko‘rib chiqish Uchtepa tuman sudida boshlangan. Alisher Tursunovga quyidagi ayblovlar qo‘yilgan:

  • 156-moddaning 2-qismi bo‘yicha — milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atish;
  • 244-1-modda 3-qismining “g” bandi bo‘yicha — jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish;
  • 244-3-modda bo‘yicha — diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish.

Hozirda huquq-tartibot idoralari erkakni hibsga olgan. Vazirlik fuqarolarga aybsizlik prezumpsiyasi amal qilishini eslatib, ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalari foydalanuvchilaridan shoshilinch xulosalar chiqarmaslikni so‘radi.

Avvalroq Alisher Tursunov Turkiyada qo‘lga olinib, O‘zbekistonga deportatsiya qilingani haqida xabar berilgandi. U uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная