O‘zbekiston

Alisher Tursunov Turkiyada qo‘lga olinib, O‘zbekistonga deportatsiya qilingani ma’lum bo‘ldi

U uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Alisher Tursunov Turkiyada qo‘lga olinib, O‘zbekistonga deportatsiya qilingani ma’lum bo‘ldi

8-may kuni qidiruvga berilgan Alisher Tursunov Turkiyada qo‘lga olinib, 10-may kuni O‘zbekistonga deportatsiya qilindi, deb xabar qildi IIV matbuot xizmati.

Maʼlumotlarga koʻra, Alisher Tursunov asos solgan axborot platformalari tomonidan tarqatilgan maʼlumotlarda Oʻzbekiston qonunchiligiga zid boʻlgan maʼlumotlar boʻlgan.

Mazkur holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 244-1 (Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soluvchi materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) va 244-3 (Diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda Alisher Tursunov qo‘lga olinib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Alisher Tursunov 2023-yil avgust oyida O‘zbekistondagi barcha loyihalarni to‘xtatgan Azon media guruhi asoschisi hisoblanadi. Shundan so‘ng Tursunov Turkiyaga jo‘nab ketdi va u yerda Azon Global’da faoliyatini davom ettirdi.

Shu yilning fevral oyida Tursunov Jinoyat kodeksining 244-3-moddasi (Diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish) bo‘yicha qidiruvda ekani ma’lum qilingan edi.

Izohlar

Mavzuga oid