Hodisa

Toshkent viloyatidagi AYQSHlardan birida qanoti singan laylak topildi — video

Fuqarolar ekologlarga murojaat qilgan, qush Toshkent hayvonot bog‘iga topshirilgan.

Toshkent viloyatidagi yoqilg‘i quyish shoxobchalaridan birida qanoti singan laylak topildi, deb xabar berdi Ekologiya vazirligi axborot xizmati.

Ekologiya boshqarmasi xodimlari voqea joyiga borib, ko‘zdan kechirishdi. Veterinariya yordami ko‘rsatish va parvarishlash uchun Toshkent hayvonot bog‘iga topshirildi. Mutaxassislar, shuningdek, befarq bo‘lmagan va muammo haqida xabar bergan aholiga minnatdorchilik bildirishdi.

“Muhtaram yurtdoshlar! Sizni hayvonot dunyosi vakillariga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga chaqiramiz. Ularga zarar yetkazish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘lishini unutmang. Agar bunday holatlarga guvoh bo‘lsangiz, Ekologiya vazirligining (71) 207-11-07, 1157 yoki 1207 telefon raqamlariga hamda tegishli hududiy boshqarmalarga qo‘ng‘iroq qiling. @ecogovuz_bot Telegram botiorqali ham xabar yuborishingiz mumkin”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, xuddi shunday holat Samarqand viloyatida ham kuzatilgandi. Mahalliy aholi qizil kitobga kiritilgan laylakni qutqarib qoldi. Odamlar qanoti singan qushni topib, veterinarga olib borishdi, shundan so‘ng ekologlarga topshirishdi, ular laylakni Zarafshon tabiat bog‘idagi reabilitatsiya markaziga joylashtirishdi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная