Hodisa

Toshkent viloyatida yuk mashinasi haydovchisi YHQni buzib, Malibu`ga borib urildi

Ikkala erkakka ham tibbiy yordam kerak bo‘lgan, ish bo‘yicha tergov boshlangan.

2-dekabr kuni Toshkent viloyatida yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, jabrlanganlar bor, deb xabar bermoqda viloyat YHXB matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, voqea soat 10:00 atrofida D020 Qorasuv—Bo‘ka—Bekobod avtomobil yo‘lining 100-kilometrida sodir bo‘lgan. Labo‘ning 42 yoshli haydovchisi qoidalarni buzgan va piyodalar o‘tish joyida burilishga uringan. Bu vaqtda 45 yoshli Malibu haydovchisi o‘z yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan bo‘lgan.

Haydovchilarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Ularning ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda. Viloyat YHXB tomonidan surishtiruv ishlari boshlangan. Haydovchilardan yo‘l harakati qoidalarini buzmaslik so‘ralgan.

Eslatib o‘tamiz, Sirdaryoda birdaniga to‘rtta avtotransport halokatga uchragandi. Yuk mashinasi haydovchisi boshqa yuk mashinasiga urilib, katta avariyaga sabab bo‘ldi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная