Toshkent viloyatida yovvoyi qushlarni boqqan erkak yarim milliard jarimaga tortildi
Qoidabuzar Qizil kitobga kiritilgan “Sapsan” va “Jig‘oltoy” lochinlarini saqlagan.

Toshkent viloyatida huquq-tartibot idoralari xodimlari o‘z uyida Qizil kitobga kiritilgan yovvoyi qushlarni noqonuniy saqlagan erkakni jarimaga tortdi, deb xabar bermoqda Ekologiya vazirligi matbuot xizmati.
QMa’lumotlarga ko‘ra, Ekologik nazorat inspeksiyasi xodimlari IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan reyd davomida Chinoz tumani “Yangi Obod” mahallasida yashovchi fuqaro qafasida mamlakat Qizil kitobiga kiritilgan lochin-sapsan hamda lochinlar oilasiga mansub cho‘gloq saqlanayotgani aniqlangan.
Natijada huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qushlar olib qo‘yilib, Toshkent hayvonot bog‘iga saqlash uchun topshirilgan. Mutaxassislarning aniqlashicha, erkak o‘z xatti-harakatlari bilan hayvonot dunyosiga 620,88 mln so‘m zarar yetkazgan. Tartib posbonlari tomonidan erkakka nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy baho berish uchun Bosh prokuraturaga yuborilgan.
Avvalroq Gulistonda ovchilar yovvoyi cho‘chqani noqonuniy otib olgani haqida xabar berilgandi. Ekologlar tabiatga yetkazilgan zararni 6 mln so‘mga baholagan.
Izohlar