Hodisa

Toshkent viloyatida o‘smir guvohnomasiz muntazam ravishda YHQni buzib, avtomobil boshqargani aniqlandi

Maktab o‘quvchisi ijtimoiy tarmoqlarda o‘z huquqbuzarliklari bilan bo‘lishgan.

Toshkent viloyatida muntazam ravishda haydovchilik guvohnomasisiz va ko‘plab qoidabuzarliklar bilan avtomobil boshqargan o‘smir jazolandi, deb xabar bermoqda YHXBB matbuot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea Bo‘stonliq tumanida sodir bo‘lgan. Mahalliy aholi huquq-tartibot idoralariga Chevrolet Monza avtomobilini yo‘l harakati qoidalarini buzgan holda boshqargan o‘smir ustidan shikoyat qilgan. Tartib posbonlari surishtiruv davomida otasining avtomobilini 54-sonli umumta’lim maktabining 17 yoshli o‘quvchisi boshqarganini aniqladi.

Bundan tashqari, huquq-tartibot idoralari xodimlari o‘smir o‘z ijtimoiy tarmoqlarida tezlikni oshirish, rulda mobil telefondan foydalanish va xavfli manevrlar qayd etilgan videolarni tarqatganini aniqladilar. Natijada tartib posbonlari tomonidan maktab o‘quvchisiga nisbatan 135-modda (Yo‘l harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari bo‘lmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishi) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bolaning otasi bilan suhbatlashilgan va u boshqa bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslikka va’da bergan.

Avvalroq Qashqadaryoda yuk mashinasi haydab ketayotgan maktab o‘quvchisi qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi. Profilaktika inspektorlari yigit bilan suhbat o‘tkazib, uning ota-onasiga nisbatan bayonnoma rasmiylashtirgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная