Hodisa

Toshkent viloyatida mijozlarga OIV infeksiyasini yuqtirgan fohishalar ushlandi

Umuman olganda, yarim oy ichida viloyatda 12 ta fohishaxona va 4 ta OIV yuqtirish holati aniqlandi.

Фото: Ситуативное

Toshkent viloyatida fohishalar mijozlarga OIV infeksiyasini yuqtirgan. Tezkor tadbirlar davomida fohishaxona saqlash holatlari aniqlandi.

32 yoshli ayol Bo‘stonliq tumanida fohishaxona tashkil qilib, u yerga to‘rt nafar poytaxtlik ayolni olib kelgan. Potensial mijozdan 800 dollar olayotgan vaqtda uni qo‘lga olishgan.

Yana bir holatda fuqaro Bo‘stonliq tumanida uch nafar ayol bilan tabiat qo‘ynida fohishaxona tashkil qilgan. Qo‘shmachi 600 dollardan 1200 dollargacha olgan vaqtida qo‘lga olingan. Ularning har ikkisiga nisbatan tegishli moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Toshkent viloyatida 15 kun ichida fohishaxona saqlash bilan bog‘liq 12 ta holat va fuqarolarga OIV yuqtirish bilan bog‘liq 4 ta holat aniqlandi. Misol uchun, Ohangaron shahrida 2020-yildan buyon OITSga qarshi kurashish markazida ro‘yxatda turgan 27 yoshli qiz 2004-yilda tug‘ilgan erkak bilan jinsiy aloqaga kirishgan.

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 113-moddasi (tanosil kasalligi yoki OIV infeksiyasi/OITSni tarqatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov olib borilmoqda.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная