Hodisa

Toshkent viloyatida Matiz haydovchisi yo‘lda yotgan itni urib yubordi

Erkak avtomobilni to‘xtatishga yoki harakat yo‘nalishini o‘zgartirishga urinmagan.

Фото: кадр из видео

Toshkent viloyatida Matiz haydovchisi mahalladagi yo‘lda yotgan itni bosib ketdi. Tegishli video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Toshkent viloyati IIBB holat yuzasidan izoh berdi.

Holat 20-avgust kuni Yangiyo‘l shahrida sodir bo‘lgan. 1970-yilda tug‘ilgan erkak Matiz avtomobilida yo‘lda yotgan itni to‘xtatishga yoki harakat yo‘nalishini o‘zgartirishga urinmasdan bosib o‘tgan, so‘ngra voqea joyidan qochib ketgan. Uy egasining aytishicha, hayvon olgan jarohatlari tufayli vafot etgan. Hodisa videokuzatuv kameralari tomonidan tasvirga olingan video avtomobilning davlat raqamini va haydovchining shaxsini aniqlashga yordam berdi.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari erkakka hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lgani uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasi bilan jarima soldi. Viloyat IIBB, shuningdek, Jinoyat kodeksining 202-1-moddasiga ko‘ra, hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish ma’muriy javobgarlikka tortilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, BHMning 50 baravarigacha miqdorda jarima yoki olti oygacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishini eslatib o‘tdi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная