Hodisa

Toshkent viloyatida mast erkak qo‘shnisiga tegajog‘lik qilgani uchun qamaldi

Sud jinoyatchini besh sutka ma’muriy qamoq jazosiga hukm qildi.

Фото: Ситуативное

Toshkent viloyatida mast erkak qo‘shnisiga tegajog‘lik qilib, besh sutkaga qamaldi, deb xabar bermoqda Oliy sud matbuot xizmati.

Idora ma’lumotlariga ko‘ra, voqea 16-avgust kuni Bekobodda sodir bo‘lgan. Ayol kirish eshigi oldidagi yo‘lakni tozalayotgan edi, notanish erkak uning yoniga keldi. Mast holda ayolga haqoratomuz so‘zlar aytib, tegajog‘lik qila boshladi. U 41-1 (Shahvoniy shilqimlik) ma’muriy moddasi bo‘yicha 5 sutkaga qamaldi.

Eslatib o‘tamiz, Navoiyda mahalla raisi ayolga tegajog‘lik qilib, uch sutkaga qamalgandi. Davlat xizmatchisi jabrlanuvchiga nomaqbul xabarlar yuborgan va ish joyida spirtli ichimlik iste’mol qilgan. Sudda ayblanuvchi o‘z harakatlarini jabrlanuvchiga nisbatan yomon niyati yo‘qligi bilan oqlamoqchi bo‘ldi va suddan jazoni yengillashtirishni so‘radi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная