Toshkent viloyatida ikkita yuk poyezdi relsdan chiqib ketdi
Hech kim jabrlanmagan, biroq favqulodda vaziyat tufayli bir nechta yo‘nalishlar kechiktirilgan.

Toshkent viloyatida ikkita yuk poyezdi relsdan chiqib ketdi, buning natijasida bir nechta reyslar kechikdi, deb xabar bermoqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” axborot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa 27-sentyabr kuni Toshkent viloyati Chinoz tumani Olmazor bekati — Rasulobod temir yo‘l bekati hududidagi peregonda sut mahsulotlarini olib ketayotgan yuk poyezdining ikki vagoni relsdan chiqib ketgan.
Sut mahsulotlari ortilgan ikkita yuk poyezdi reysdan chiqqan. Oqibatda 769-sonli Buxoro—Toshkent va 765-sonli Samarqand—Toshkent yo‘nalishidagi yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” poyezdlarining harakati kechikib, yo‘lovchilar o‘z manzillariga kechikib yetib borgan.
Favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish uchun tuman FVB, navbatchi smenalar va sohaviy xizmatlar voqea joyiga yetib borgan. Texnik nosozliklar 21:30 gacha bartaraf etildi. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Hozirga kunga kelib, harakat to‘liq tiklandi va jadval asosida amalga oshirilmoqda.
Avvalroq “Afrosiyob” poyezdi Toshkent—Samarqand yo‘nalishida parvozlar sonini oshirishi haqida xabar berilgandi. O‘zgarishlar yo‘lovchilarning qulayligini oshirishga qaratilgan.
Izohlar