Toshkent viloyatida firibgarlar fuqarolarni mikroqarzlarni naqdlashtirish xizmatlari bilan aldagab kelgani aniqlandi
Jinoyatchilar milliard so‘mdan ortiq mablag‘ni o‘g‘irlashga muvaffaq bo‘lgan.

Toshkent viloyatida fuqarolarga mikrokreditlar bo‘yicha pullarni naqdlashtirib berishni va’da qilib, evaziga o‘zlashtirib olgan bir guruh firibgarlar qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda viloyat IIB Kiberxavfsizlik xizmati matbuot xizmati.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari tergov davomida jinoyatchilar Telegram messenjeri va Instagram ijtimoiy tarmog‘ida “limitlash xizmati” kompaniyasi niqobi ostida harakat qilganliklarini aniqladilar. Fuqarolarga mikromoliya tashkilotlari tomonidan berilgan kredit limitlarini naqd pulga aylantirish va’da qilingan.
Ishonchlilik uchun firibgarlar o‘z nomiga ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxsdan foydalanishgan. Jinoyatchilar savdo platformalari orqali soxta onlayn bitimlarni amalga oshirgan, biroq pullarni fuqarolarga bermagan, balki o‘zlashtirgan. Shu tariqa, jinoyatchilar 1,032 mlrd so‘mni talon-toroj qilishga muvaffaq bo‘lgan.
Tartib posbonlari mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atib, barcha gumonlanuvchilarni hibsga olgan. Hozirda huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilib, jabrlanganlarga yetkazilgan zararni qoplash ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq o‘zbekistonliklar firibgarlar tomonidan rasmiylashtirilgan mikroqarzlar uchun pul to‘lamasligi haqida xabar berilgan edi. Mamlakatda kiberjinoyatlar sohasida fuqarolar himoyasini kuchaytirish rejalashtirilgan.
Izohlar