Hodisa

Toshkent viloyatida erkak Qizil kitobga kiritilgan lochinlarni noqonuniy ravishda olib chiqishga urindi

Jinoyatchi qushlarning ko‘zlari va oyoqlarini bog‘lab, qanotlarini skotch bilan o‘rab, kontrabandani yashirish uchun tor sumkaga zichlab joylashtirgan.

Toshkent viloyatida bojxonachilar 8 dona Qizil kitobga kiritilgan lochinlarni noqonuniy olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan fuqarolarni qo‘lga oldi, deb xabar bermoqda DBQ matbuot xizmati.

Hodisa Bo‘stonliq tumanidagi “Oqtosh” nazorat-o‘tkazish punktida sodir bo‘lgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari fuqaroni kuzatuvga olib, chegarani kesib o‘tayotgan vaqtda to‘xtatgan. Uning sumkasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, uning ichidan 8 ta tirik lochin topilgan.

Erkak buni yashirish uchun qushlarning ko‘zlari va oyoqlarini bog‘ladi, qanotlarini skotch bilan o‘rab, tor sumkaga zichlab joyladi. Viloyat Ekologiya boshqarmasi mutaxassislarining ma’lum qilishicha, ushbu lochinlar O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Ayni paytda qushlar Toshkent hayvonot bog‘iga topshirilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Buxoroda Qizil kitobga kiritilgan echkiemarga nosvoy bergan bloger qo‘lga olingan edi. Erkakning so‘zlariga ko‘ra, u o‘z xatti-harakatidan so‘ng hayvonni qo‘yib yuborgan, huquq-tartibot idoralari esa unga nisbatan bayonnoma rasmiylashtirgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная