Hodisa

Buxoroda “Qizil kitob”ga kiritilgan echkiemarga nosvoy bergan bloger qo‘lga olindi

Erkakning so‘zlariga ko‘ra, u o‘z xatti-harakatidan so‘ng hayvonni qo‘yib yuborgan, huquq-tartibot idoralari esa unga nisbatan bayonnoma rasmiylashtirgan.

Buxoroda “Qizil kitob”ga kiritilgan echkiemarga nosvoy bergan bloger qo‘lga olindi

Buxoro viloyatida qizil kitobga kiritilgan echkiemarga nosvoy bergan erkak topildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 1-iyun kuni sodir bo‘lgan. Jondor tumani “Yosh kuch” mahallasida yashovchi fuqaro cho‘l hududidagi molxonaga tasodifan kirib qolgan kulrang echkiemarni tutib oldi. Erkak yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan hayvonning og‘ziga tamaki mahsulotini tiqib, uni videoga olgan, shundan so‘ng echkiemarni qo‘yib yuborgan.

Barcha holatlarga aniqlik kiritish maqsadida Buxoro viloyatida prokuratura xodimlaridan iborat ishchi guruh tuzildi. Natijada huquq-tartibot idoralari xodimlari huquqbuzarning shaxsini aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi. Huquq-tartibot idoralari erkakka nisbatan 111-moddaning 1-qismi (Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish) bilan bayonnoma rasmiylashtirgan. Huquqbuzar BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha (1,125 mln so‘mdan 1,875 mln so‘mgacha) jarimaga tortilishi mumkin. Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq bloger hayp uchun toshbaqaning og‘ziga nos tiqqani haqida xabar berilgandi. Surxondaryolik fuqaro Instagramda o‘zining «kulgili» qilmishi bilan maqtangan.

Izohlar

Mavzuga oid